
Manchester Siti va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holland 2026-yilgi Jahon chempionati davomida Norvegiya madhiyasi yangraganda his-tuyg‘ularini yashira olmasligi mumkinligini tan oldi. Norvegiya terma jamoasi tarixda ilk bor 1998-yildan so‘ng Jahon chempionati final bosqichiga chiqdi.
Shuningdek, 1994-yil AQShda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Hollandning otasi Alf-Inge Norvegiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan edi. "Otam 1994-yilgi Jahon chempionatida AQShda o‘ynagan edi.
Shuning uchun bu yerga kelib, o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish ayni haqiqatda o‘zgacha bir tuyg‘u. Ehtimol, madhiyalar yangraganda yig‘lab yuborarman", dedi Holland CBS Sportsga bergan intervyusida.
Norvegiya terma jamoasi saralash bosqichida o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionatiga yo‘l oldi. Ta’kidlash joizki, bu musobaqa ilk bor uch davlat - AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi va unda 48 ta jamoa ishtirok etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.