
Ukrainalik futbolchi Myxaylo Mudryk uzoq muddatli doping diskvalifikatsiyasi sabab maydonga tusha olmayotgan bo‘lsa-da, hali ham matbuot e’tiborida qolmoqda. Londonda o‘zining BMW avtomobilida harakatlanayotgan Mudryk mahalliy politsiya tomonidan bir necha bor to‘xtatildi.
Oktabr oyida u tezlik qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilib, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi. Ammo bu Mudrykni to‘xtatmadi, u hujjatlarsiz avtomobil boshqarishda davom etdi.
Politsiya uni yana to‘xtatdi va bu safar avtomobilining oynalari haddan tashqari qoraytirilganini aniqladi. Shu bilan birga, Mudryk hujjatsiz avtomobil boshqarayotgani ma’lum bo‘ldi.
Endi unga jamoat ishlari jazosi belgilanishi mumkin. Ingliz matbuoti bu holatni tanqid qilib, «97 million muammo» deb atamoqda.
Bu esa Londonning "Chelsi" klubi tomonidan Mudryk uchun to‘langan transfer summasiga ishora qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.