
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan kelajakdagi hamkorlik masalasi muhokama qilinmoqda. UEFA Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvda (1:2) mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, ispaniyalik mutaxassisning iste’fosi haqida yangi mish-mishlar paydo bo‘ldi.
Diario AS xabariga ko‘ra, "Real" futbolchilari Xabi Alonsoni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo klub rahbariyati buni hamkorlikni davom ettirish uchun yetarli omil deb hisoblamayapti. Yaqin orada jamoaning natijalari yaxshilanmasa, Alonso iste’foga chiqarilishi mumkin.
So‘nggi sakkizta o‘yinda "Real" atigi ikki marta g‘alaba qozongan. Jamoa 14-dekabr kuni La Liga doirasida safarda "Alaves"ga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.