Mourino Napoli futbolchisi sovg‘asini namoyish qildi

Mourino Napoli futbolchisi sovg‘asini namoyish qildi
Chempionlar ligasi doirasida "Benfika" "Napoli"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng Lissabon klubi bosh murabbiyi Joze Mourino matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z sumkasidan "Napoli" futbolchisi Skott Maktominayning futbolkasini olib ko‘rsatdi.

"Sumka meniki. Bu esa Skott Maktominayning futbolkasi.

Men uni tarkibga qo‘yardim. "Manchester Yunayted"da Maktominay uchun Pol Pogbani zaxiraga o‘tqazganman.

U menga o‘z futbolkasini sovg‘a qilishi kerak edi, bu uning kamida qilishi mumkin bo‘lgan ish", – dedi Mourino. "Benfika" Chempionlar ligasi guruh bosqichida olti o‘yindan olti ochko to‘plab, pley-offga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldi.

Yanvar oyida Mourinyo jamoasi "Yuventus" (mehmon o‘yin) va "Real" (uy o‘yini) bilan bahs olib boradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar