
Sobiq fransuz futbolchisi Jerom Roten Karim Benzemaning Fransiya terma jamoasiga qaytishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. Yaqinda "Al-Ittihod" hujumchisi 2026 yilgi Jahon chempionatida "uch rangli"lar safida o‘ynashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
"Men bu ssenariyni imkonsiz deb hisoblayman. Bu haqda fantaziyalar qilish mumkin, ammo Desham Benzemani qaytarishni xohlarmikin?
Chunki o‘tmishda bu tajriba muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Men bunga 300% ishonchim komil, u buni takrorlamaydi", – deydi Roten Footmercato nashriga bergan intervyusida.
Karim Benzema 2021 yilda olti yillik tanaffusdan so‘ng Fransiya terma jamoasiga qaytgan edi, ammo 2022 yilda yana jamoani tark etdi. Mish-mishlarga ko‘ra, bunga Desham bilan yana yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
19 dekabr kuni Benzema 38 yoshni qarshi oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.