Feliks Nmecha Dortmundning durangidan afsusda

Feliks Nmecha Dortmundning durangidan afsusda
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Maydonda ustun bo‘lib, o‘yinni durang bilan tugatish alamli. "Budyo-Glimt" bizga qiyinchiliklar tug‘dirdi, lekin biz o‘z imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanishimiz kerak edi.

Oldinda "Tottenhem" va "Inter" kabi kuchli raqiblarga qarshi bahslar kutib turibdi. Ushbu o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishishimiz kerak," – deya UEFA matbuot xizmati Nmechaning so‘zlarini keltirgan.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining olti turidan so‘ng, "Bumblebees" ("Shmelilar") 11 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar