date

Antonio Konte: Napoli barcha turnirlarga bardosh berolmaydi


Napoli bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar Ligasi 6-turida Benfikaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin jamoasining holati haqida fikr bildirdi. "Barcha turnirlar meni xavotirga solmoqda.

Barchasiga dosh berish uchun kuchimiz yetmay qolishidan qo‘rqyapman. Bugun o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishimiz kerak edi, ammo biroz charchoq sezildi," — dedi Konte, Gianluka di Marzio so‘zlarini keltirib.

Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida 6 ta turda qatnashgan Napoli hozirda 7 ochko bilan 23-o‘rinni egallab turibdi. Ma’lumot uchun, musobaqaning pley-off bosqichiga dastlabki 24 jamoa yo‘l oladi.

Keyingi turda italiyaliklar mehmonda Kopengagenga qarshi maydonga tushadilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Antonio Konte: Napoli barcha turnirlarga bardosh berolmaydi