date

Mikel Arteta Dyokereshning muvaffaqiyatiga ishonmoqda


Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta shved hujumchisi Viktor Dyokereshning klubga moslashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Dastlab u moslashish uchun vaqt talab qildi, chunki bu boshqa liga, boshqa talablar.

Hozir esa u o‘z o‘yinini topmoqda. Gollar keladi va biz undan juda mamnun bo‘lamiz", – dedi Arteta jurnalist Fabritsio Romano bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" yozgi transfer oynasida Viktor Dyokeresh uchun qariyb 66 million yevro to‘lagan edi. Shved hujumchisi "kanonirlar" safida jami 18 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Dyokeresh "Arsenal" bilan 2030 yilning iyun oyigacha shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 70 million yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mikel Arteta Dyokereshning muvaffaqiyatiga ishonmoqda