Real hujumchisi Gonzalo Garsiya beshta klubni qiziqtirdi

Real Madrid hujumchisi Gonzalo Garsiya joriy mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. 21 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida «Real»ni tark etib, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan klubga o‘tishi mumkin.
Transfer News Live nashri Marca manbasiga tayanib xabar berishicha, Garsiya xizmatlariga beshta klub qiziqish bildirmoqda. Bu klublar qatoriga «Aston Villa», «Lids», «Brayton», «Vulverxempton» va Germaniya Bundesligasidan «Ayntraxt Frankfurt» kiradi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Garsiyaning transfer qiymati 15 million yevroga baholangan. 2025/2026-yilgi mavsumda Garsiya «Real» safida 14 o‘yinda maydonga tushgan, biroq birorta ham gol ura olmagan.
Ammo yozda bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida u 6 uchrashuvda 4 gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing