
Manchester Yunayted sobiq futbolchisi Pol Skoulz Ruben Amorimni tanqid qilib, uning klub falsafasini tushunmasligini ta'kidladi. Skoulzning fikriga ko‘ra, Amorim taklif qilayotgan o‘yin uslubi Yunaytedning an'analariga mos kelmaydi.
Sobiq yarim himoyachi jamoa doimo o‘zini xavf-xatar, yorqinlik va hujumkor o‘yin bilan bog‘lashini aytdi. "Men shunchaki, Ruben Amorim bu klub uchun to‘g‘ri murabbiy deb hisoblamayman.
U 'Manchester Yunayted'ning mohiyatini tushunmaydi. Bu klub avvalo xavf-xatar va tomoshabop o‘yin demakdir.
Tomoshabinlarni joyidan turib hayajonlanishga majbur qilish, o‘yinga tayyor bo‘lish - bu Yunaytedning asosiy tamoyillari", – dedi Skoulz Goal nashriga bergan intervyusida. Skoulzning so‘zlariga ko‘ra, Manchester Yunayted murabbiydan har doim ko‘proq gol urishga intilish va doimiy ravishda oldinga harakat qilishni talab qilgan.
Hozirgi yondashuv esa bu prinsipga mos emas. Shu sababli u Ruben Amorim klubning o‘ziga xosliklarini va futbol falsafasini his qilmaydi, deb hisoblaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.