date

Kostas Tsimikas yanvarda Liverpulga qaytishi mumkin


Rimning "Roma" klubi chap qanot himoyachisi Kostas Tsimikasning ijarasini muddatidan oldin bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda. Rimliklar 29 yoshli futbolchini avgust oxirida "Liverpul"dan ijaraga olgan edi.

Insider Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, "Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini grek futbolchisining o‘yinidan norozi. Shu sababli, ijara shartnomasi yanvarda bekor qilinishi ehtimoli yuqori.

Kostas Tsimikas joriy mavsumda "Roma" safida 11 o‘yinda maydonga tushib, atigi bitta samarali harakat amalga oshirgan. "Liverpul" ham futbolchiga katta umid bog‘lamayotganligi bois, qishki transfer oynasida unga yangi klub topishga harakat qilmoqda.

Transfermarkt portali Tsimikasning transfer qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kostas Tsimikas yanvarda Liverpulga qaytishi mumkin