
Nemis hujumchisi Niklas Fyulkryug, hozirda Angliyaning "Vest Xem" klubi safida o‘ynayotgan bo‘lsa-da, faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Gazzetta dello Sport" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Milan" klubi hujumchini ijaraga olishga qiziqish bildirmoqda va uni joriy mavsum oxirigacha tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Niklas Fyulkryugning o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tishga tayyor, chunki u ko‘proq o‘yin amaliyoti olishni istamoqda.
Joriy mavsumda Fyulkryug "Vest Xem" safida 9 ta uchrashuvda ishtirok etgan, biroq gol urishga muvaffaq bo‘lmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtasigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.