
Nyukasl klubi Gollandiya Erediviziyasi vakili AZ Alkmaar jamoasining markaziy yarim himoyachisi Kes Smitga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda iNews nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qarg‘alar" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning yarim himoya chizig‘ini yosh futbolchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirgan. U 19 yoshli Smitni bu vazifa uchun eng mos variant deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, Londonning Chelsi klubi ham ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurashda yetakchilik qilayotgani aytilmoqda. Avvalroq "ko‘klar"ning Smitga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kes Smit joriy mavsumda 25 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.