date

Ditmar Xamann 'Bavariya'ning 17 yoshli futbolchisini maqtadi


Sobiq 'Bavariya' futbolchisi Ditmar Xamann Myunxen klubining 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karlning o‘yinidan hayratda ekanligini bildirdi. Xamannning so‘zlariga ko‘ra, yosh futbolchi yuqori texnik ko‘nikmalari va o‘ziga bo‘lgan ishonchi bilan ajralib turadi.

"17 yoshli futbolchining bunday texnik mahoratga ega bo‘lishi va o‘ziga ishonchining kuchliligi meni hayratda qoldirdi. Men hech qachon bunday ta'sir ko‘rsatadigan futbolchini ko‘rmaganman, ayniqsa, yetakchi Yevropa klubida," dedi Xamann Sky Sportga bergan intervyusida.

Mutaxassis Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabiga Lennart Karlnni jahon chempionatiga chaqirishni tavsiya qildi. Joriy mavsumda Karl 'Bavariya' safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ditmar Xamann 'Bavariya'ning 17 yoshli futbolchisini maqtadi