Ugo Ekikite Salohni «Liverpul» afsonasi deb atadi

Ugo Ekikite Salohni «Liverpul» afsonasi deb atadi

Ugo Ekikite Salohni «Liverpul» afsonasi deb atadi
«Liverpul» hujumchisi Ugo Ekikite «Brayton» ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoadoshi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi. Qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligi aytilayotgan Salohni Ekikite jamoa uchun alohida ahamiyatga ega futbolchi sifatida ta’rifladi.

«Muhammad — katta professional. Men unga doimo o‘rnak sifatida qarayman.

Uning gollar va golli uzatmalarga qanchalik bevosita ta’sir qilayotgani yaqqol ko‘rinib turadi. U — bu klubning afsonasi.

U bilan bir maydonda o‘ynash — chinakam ne’mat. Aynan shunday futbolchilar futbolni sevdiradi», — dedi Ekikite.

Avvalroq Saloh klubdagi hozirgi holatidan norozi ekanini aytgan va qishda jamoasini o‘zgartirishi ehtimolini istisno qilmagandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar