
“Barselona”ning chap qanot himoyachisi Alehandro Balde jamoa darvozaboni Joan Garsiyaning o'yinini yuksak baholadi. Shanba kuni ispaniyalik posbon “ko'k-anorranglilar”ga La Ligada “Osasuna” ustidan uyda 2:0 hisobidagi “quruq” g'alabani rasmiylashtirishda muhim rol o'ynadi.
“Menimcha, Joan Garsiya hozircha dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U hali yosh, ammo allaqachon eng yuqori darajaga chiqqan.
Uning biz bilan o'ynayotgani biz uchun katta quvonch”, — deya Baldening so'zlarini Barca Universal nashri keltirdi. Ma'lumot uchun, “Barselona” Joan Garsiyani joriy mavsum starti oldidan “Espanyol”dan 25 million yevroga sotib olgan.
24 yoshli darvozabon katalonlar safida barcha turnirlarda 14 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol o'tkazib yubordi va 5 bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.