date

Lion klubining qarzi 200 million yevrodan oshdi


«Lion» moliyaviy inqirozdan hanuz chiqib keta olmayapti. O‘tgan mavsum bo‘yicha hisobot yakunlariga ko‘ra, klubning umumiy qarzi 200 million yevrodan oshgan.

Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgi 176 million yevrolik qarzdan ham yuqori. Qarzlarning katta qismi avvalgi rahbariyat davrida, xususan Jon Tekstor boshqaruvi paytida to‘plangani qayd etiladi.

Shuning oqibatida klub Yevropa ligasida ishtirok etish uchun jarima ham to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Tejamkorlik chorasi sifatida esa ham erkaklar, ham ayollar jamoalarida futbolchilarning maoshlari qisqartirilgan.

Shunga qaramay, sport natijalari nuqtayi nazaridan vaziyat unchalik yomon emas: «Lion» Fransiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lion klubining qarzi 200 million yevrodan oshdi