date

Real Diogu Dalotni Manchester Uniteddan sotib olishi mumkin


Madridning Real klubi Manchester United futbolchisi Diogu Dalotga qiziqish bildirmoqda. Gap Portugaliya terma jamoasi himoyachisi, o'ng qanot himoyachisi va lateral sifatida ham to'p sura oladigan Dalot haqida ketmoqda.

Teamtalk nashri jurnalistlari ma'lumotiga ko'ra, “qirollik klubi” futbolchini kelasi yili o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Realni Dalotning universalligi, ya'ni bir nechta pozitsiyada birdek samarali o'ynay olishi o'ziga tortmoqda.

Manchester United esa transfer bo'yicha muzokaralarga tayyor ekani aytilmoqda. Dalotning Manchester United bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portali mutaxassislari himoyachining bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Diogu Dalotni Manchester Uniteddan sotib olishi mumkin