Kompani Garri Keynni Bavariyaning yetakchisi deb atadi

Kompani Garri Keynni Bavariyaning yetakchisi deb atadi
Myunxenning “Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning ingliz hujumchisi Garri Keynning o'yin darajasiga yuqori baho berdi. “Keynning barqarorligi meni hayratga soladi.

U Myunxenda o'ynashni yoqtiradi. Hozir u ‘Bavariya’ning asosiy yetakchisi.

Uning Jekson bilan munosabatlari yaxshi. Nikolas Garri bilan birga mashg'ulot qilganida yanada o'sib bormoqda”, — deya Kompanining so'zlarini ESPN keltirdi.

Joriy mavsumda Keyn Germaniya klubi safida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Myunxen klubi tarkibiga 2023 yil yozida qo'shilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar