
Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Kristal Pelas» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuv muxlislar kutganidek yuqori sur’atda o‘tdi. Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda Xosep Gvardiola jamoasi o‘yin nazoratini to‘liq qo‘lga olib, 0:3 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bellashuvda hisob 41-daqiqada ochildi. Erling Xoland raqib himoyachilari orasida o‘z mahoratin namoyish etib, aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda «shaharliklar» bosimni yanada oshirdi va 69-daqiqada Fil Foden uzoq masofadan urgan chiroyli goli bilan hisobni ikki baravarga ko‘paytirdi.
Uchrashuvga nuqta qo‘ygan epizod esa 89-daqiqada kuzatildi. Xoland penalti nuqtasidan xato qilmasdan, dublni rasmiylashtirdi va o‘z jamoasi g‘alabasini mustahkamladi. Norvegiyalik hujumchi yana bir bor hal qiluvchi o‘yinchi ekanini isbotladi.
Kristal Pelas — Manchester Siti 0:3
Gollar: Holand (41, 88 penalti), Foden (69).
Kristal Pelas — Henderson, Gehi, Klayn (Uche, 77), Lakrua, Richards, Mitchell, Uorton, Kamada (Hyuz, 67), Pino, Sarr, Mateta (Nketia, 63).
Manchester Siti — Donnarumma, Gvardiol, Nunesh, Diash, O’Rayli (Ait-Nuri, 90+1), Niko, Reynders (Savinio, 85), Silva (Lyuis, 90+1), Sherki, Foden, Holand (Marmush, 90+1).
Ogohlantirishlar: Kamada (62), Henderson (88).
Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi va maydonga tushmadi. Shunga qaramay, «Manchester Siti» tarkibida raqobat yuqori darajada ekani yaqqol ko‘rindi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «shaharliklar» jamg‘argan ochkolari soni 36 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinni mustahkam saqlab qolmoqda. Gvardiola shogirdlari chempionlik poygasida jiddiy kurashni davom ettirayotganini yana bir bor namoyish qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.