
Fransiya Liga 1ning 16-turida “Lion” o'z maydonida “Gavr”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Voqealarga boy uchrashuv kutilmaganda kamgolli o'tdi.
O'yinning 3-daqiqasida Koranten Tolisso oldinga uzatmani Martin Satriano tomon yo'lladi, hujumchi esa bosh bilan zarba berib, to'pni to'singa tekkizdi. 37-daqiqada burchak zarbasidan keyingi vaziyatda Tayler Morton raqibni qo'l bilan ushlab qolgani uchun hakam penalti belgiladi.
11 metrli jarimani Issa Sumare tepdi, biroq darvozabon zarbani qaytardi. Oradan ko'p o'tmay Tolisso jarima maydonidan erkin zarba yo'lladi, ammo to'p darvozadan chetlab o'tdi.
Ikkinchi bo'lim boshida ham Tolissoda imkoniyat bo'ldi, biroq uning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. 52-daqiqada Afonsu Moreyra jarima maydoniga aniq uzatma tashladi va Pavel Shuls yaqin masofadan bosh bilan hisobni ochdi.
Ushbu g'alabadan so'ng “Lion” turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi. “Gavr” esa pastki qismda qolib, to'rtinchi o'rindan oxirgi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.