
Tottenhem yakshanba kuni muxlislarini ranjitib, safarda Nottingem Forestga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ayni paytda London klubi Angliya Premyer-ligasining 16 o'yinidan atigi 22 ochko jamg'argan.
Opta ma'lumotiga ko'ra, Tottenhem so'nggi bor chempionatning dastlabki 16 bahsidan keyin bundan ham kam ochko to'plagan holat 2008/2009 yilgi mavsumda qayd etilgan. O'shanda 16 turdan so'ng jamoa 18 ochkoga ega bo'lgan va mavsumni sakkizinchi o'rinda yakunlagan.
Hozir Tottenhem Premyer-liga jadvalida 11-o'rinda bormoqda. Tomas Frank boshchiligidagi jamoa navbatdagi uchrashuvini 20 dekabr kuni Liverpulga qarshi o'tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.