date

Bavariya g'alabasiz ham Bundesligada farqni oshirdi


Bundesliganing 14-turi startidan oldin «Bavariya» turnir jadvalida peshqadam bo'lib, eng yaqin ta'qibchisini 8 ochkoga ortda qoldirayotgandi. Myunxen klubi sensatsion tarzda o'z maydonida «Maynts»ni yenga olmadi: Vensan Kompani jamoasi 2025 yildagi so'nggi uy uchrashuvini 2:2 hisobidagi durang bilan yakunladi.

Shunga qaramay, durang ham «Bavariya»ning ikkinchi o'rin bilan oradagi farqini kengaytirdi. Sababi juma kuni «RB Leyptsig» Berlin safarida «Union»ga 1:3 hisobida yutqazdi, yakshanba kuni esa Dortmundning «Borussiya»si «Frayburg» bilan o'yinda g'alabani qo'ldan chiqardi — 1:1.

Natijada «RB Leyptsig» va «Borussiya»ning ochkolari 29 tadan bo'lib qoldi, «Bavariya» esa 38 ochko jamg'argan. Endi Kompani shogirdlari ikkinchi o'rindagi jamoalardan 9 ochko oldinda bormoqda.

2025 yilda «Bavariya»ni yana faqat bitta uchrashuv kutmoqda: 21 dekabr kuni safarda «Haydenhaym»ga qarshi o'yin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya g'alabasiz ham Bundesligada farqni oshirdi