
Yuventus bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 15-turi doirasida Bolonyaga qarshi o'yinda qo'lga kiritilgan g'alabani sharhladi. Turinda o'tgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona golni 64-daqiqada Xuan Kabal kiritdi. 69-daqiqadan boshlab mezbonlar Torbyorn Xeggem chetlatilgani sabab bir kishi kam bo'lib o'ynadi.
Spallettining ta'kidlashicha, Yuventusga kuchli raqib qarshi turgan: jamoa yaxshi tashkil etilgan, sifat va ishtiyoqga ega bo'lib, o'n kishi qolganidan keyin ham turinliklarga muammolar tug'dirgan. Mutaxassis so'zlarini jurnalist Janluka Di Martsio keltirdi.
G'alabadan so'ng Yuventus 26 ochko jamg'arib, beshinchi pog'onaga ko'tarildi. Milan va Napolining ochko yo'qotishlaridan foydalangan Inter esa turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.