Monako futbolchisi: Hozirgi o'rnimiz bizni qo'rqitmaydi

Fransiya chempionati 16-turida "Monako" safarda "Marsel"ga 0:1 hisobida minimal tarzda mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng monakoliklar yarim himoyachisi Lamin Kamara OAV vakillariga fikr bildirdi.
"Hozirgi o'rnimiz bizni qo'rqitmaydi. "Monako" kuchli jamoa va hammasini to'g'rilashga qodir.
Biz o'z kuchimizga ham, murabbiylar shtabiga ham ishonamiz. Faqat oldinga intilishimiz kerak.
Agar "Marsel"ga qarshi o'yindagidek darajani saqlab qolsak, ko'plab uchrashuvlarda g'alaba qozonamiz", — deya Kamaradan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati. 16 tur yakunlariga ko'ra, "Monako" Liga 1 turnir jadvalida 23 ochko bilan sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing