
Madridning “Real” klubi braziliyalik hujumchisi Rodrigо La Liganing 16-turida “Alaves”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Bellashuv 2:1 hisobida “qirollik klubi” foydasiga yakunlandi, Rodrigo esa g'alaba golini muallifiga aylandi.
Jamoaning ingliz yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoadoshining o'yinini ijtimoiy tarmoqlardagi posti orqali baholadi. “Eng yaxshilarning eng yaxshilari doim muvaffaqiyatga erishadi.
Do'stim qaytdi”, — deb yozdi futbolchi. Qayd etish joiz, Rodrigo ketma-ket ikki o'yinda gol urdi.
16-tur yakunlariga ko'ra, Xabi Alonso boshchiligidagi “Real” 39 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Madrid klubi peshqadam “Barselona”dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.