
Italiya chempioni “Napoli” natijalardagi beqarorlikni davom ettirmoqda. A Seriyaning navbatdagi turida neapolliklar “Udineze”ga minimal hisobda mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvdan so'ng jamoa hujumchisi Matteo Politano o'yinga izoh berib, asosiy muammo charchoq ekanini ta'kidladi. “Biz kuchimizni tiklab olishimiz kerak.
Cheklangan resurslar bilan juda ko'p o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda hammasi yomon emasdi, ammo ikkinchi bo'limda raqibning yangiligi sezildi: ular bosimni kuchaytirdi va natijada mantiqan gol urishdi”, — deya Politano so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalgi o'yinda “Napoli” Chempionlar Ligasida “Benfika”ga yutqazgandi. Keyingi turda neapolliklar “Kremoneze”ga qarshi maydonga tushadi, biroq bu uchrashuv ikki haftadan keyin bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.