date

Dyen Byorn o'yindan so'ng shifoxonaga yotqizildi


“Nyukasl”ning markaziy himoyachisi Dyen Byorn 14-dekabr kuni “Sanderlend”ga qarshi o'yinda (0:1) jiddiy jarohat oldi. Byorn birinchi bo'lim oxirlarida raqib bilan qo'pol to'qnashuvdan so'ng almashtirildi.

Uchrashuvdan keyin “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau himoyachining nafas olishi qiyinlashganini aytdi va futbolchi shifoxonaga yuborilganini ma'lum qildi. The Daily Mail xabariga ko'ra, Byornda qovurg'a sinishi aniqlangan.

U yaqin bir necha haftani o'tkazib yuboradi. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha turnirlarda 22 o'yinda 1 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dyen Byorn o'yindan so'ng shifoxonaga yotqizildi