date

Real Sosyedad Arsen Zaxaryan bo'yicha pozitsiyasini ma'lum qildi


Real Sosyedad yanvar oyidagi transfer oynasida rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryan bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda klub matbuot kotibi Yon Ander Munduate ma'lum qildi.

Klub vakilining aytishicha, Zaxaryan bo'yicha hech qanday taklif kelib tushmagan va jamoa qishda futbolchini qo'yib yubormoqchi emas. 22 yoshli xavbek 2023 yilda San-Sebastyandagi jamoa safiga qo'shilgan.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Zaxaryan Real Sosyedad safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Sosyedad Arsen Zaxaryan bo'yicha pozitsiyasini ma'lum qildi