Barselona Dortmundning Borussiyasidan Yulian Ryersonni ko'zlamoqda

Barselona Dortmundning Borussiyasidan Yulian Ryersonni ko'zlamoqda
Barselona himoya chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Germaniyaning Sky nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Dortmundning Borussiyasi safida to'p surayotgan Yulian Ryersonga qiziqish bildirmoqda.

Norvegiyalik futbolchining asosiy ustunligi — universalligi: u himoyada ham o'ng, ham chap qanotda harakat qila oladi. Manbaga ko'ra, Barselona vakillari allaqachon Ryersonning tomonlari bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.

28 yoshli Yulian Ryersonning Dortmundning Borussiyasi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar