
Italiyaning Milan klubi yarim himoyachi Ruben Loftus-Chik bilan xayrlashishi mumkin. Avvalroq xabar qilinganidek, ingliz futbolchi jamoani tark etish niyatida va bu haqda klub rahbariyatini ogohlantirgan.
Hozircha uning uchun eng asosiy yo'nalish sifatida Rimning Latsio klubi ko'rilmoqda. Bu transfer amalga oshsa, Loftus-Chik Mauritsio Sarri bilan yana bir jamoada ishlash imkoniga ega bo'ladi.
Ular avval Londonning Chelsi klubida birga faoliyat yuritgan. Il Messaggero ma'lumotiga ko'ra, futbolchi kelishuv tezlashishi uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.
Chunki rimliklar uning Milandagi hozirgi daromad darajasini, ya'ni yiliga 4 million yevroni to'liq qoplay olmasligi mumkin. Shuningdek, futbolchiga qiziqish bildirishi ehtimol bo'lgan boshqa klublar ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.