
Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani 2025 yil yakunlariga ko'ra Belgiyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda nemis grand-klubining matbuot xizmati xabar berdi.
"Bu men uchun katta sharaf. Eng yaxshi murabbiy mukofoti men uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki uni avval ham ajoyib mutaxassislar qo'lga kiritgan.
Endi men ham shu tarixning bir qismiman", — deya mutaxassisning so'zlarini klubning rasmiy sayti keltiradi. Kompani "Bavariya"ni o'tgan yili qabul qilib olgan va u bilan 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
2024/2025 yilgi mavsumda myunxenliklar belgiyalik murabbiy boshchiligida Bundesliga chempioniga aylandi hamda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.