date

Kavazashvili JCH-2026 uch davlatda o‘tishiga izoh berdi


“Spartak”ning sobiq darvozaboni va SSSR terma jamoasi a’zosi Anzor Kavazashvili 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati nega bir vaqtning o‘zida uch mamlakatda o‘tkazilishini izohladi. U bu haqdagi fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirdi.

Kavazashvilining ta’kidlashicha, turnirda ishtirok etadigan jamoalar soni keskin oshgani sababli musobaqani qabul qilish uchun bir nechta mamlakat birlashgan. “Hozir jahon chempionatida juda ko‘p jamoa qatnashadi.

Shuning uchun turnirni o‘tkazishga uch davlat – Meksika, Kanada va AQSH – qo‘shildi. Agar FIFA bitta davlatni tanlasa, u jahon chempionatining final bosqichini o‘z vaqtida o‘tkazishga ulgurmaydi.

Bu yerda masala, asosan, tijorat manfaatlariga borib taqaladi”, dedi u. Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor uch mamlakat – AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.

Turnirda rekord miqdorda, 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kavazashvili JCH-2026 uch davlatda o‘tishiga izoh berdi