
«Barselona»ning markaziy himoyachisi Ronald Arauho psixologik muammolar sabab jamoa ixtiyoridan vaqtincha chetlashtirildi. Urugvaylik futbolchining qiyinchiliklari Chempionlar ligasida «Chelsi»ga qarshi o'yinda (0:3) boshlangan.
U mazkur uchrashuvning birinchi bo'limidayoq qizil kartochka olib, maydonni tark etgan. Klub futbolchiga ruhiy tiklanishi uchun dam berishga qaror qilgan.
Managing Barca xabariga ko'ra, Arauho holatidan xabardor bo'lgan bir guruh «Barselona» futbolchilari bosh murabbiy Hans-Diter Flik bilan uchrashib, jamoadoshiga imkon qadar tezroq qiyinchiliklarni yengib o'tishda qanday ko'mak berish mumkinligini muhokama qilgan. Murabbiyning fikricha, eng katta tayanch maydondagi muvaffaqiyatli natijalar bo'ladi: bu omadsizliklarni tezroq unutishga va bosimni kamaytirishga yordam beradi.
«Chelsi»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kataloniyaliklar ketma-ket besh g'alaba qayd etdi. Arauhoning qachon jamoaga qaytishi hozircha noma'lum.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.