
Barselona Angliya Premyer-ligasida to'p surayotgan Aston Villa markaziy himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda. Klub himoya chizig'ini kuchaytirish variantlari orasida 28 yoshli futbolchini ham ko'rib chiqayotgani aytiladi.
ESPN xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Torresning o'yinini muntazam monitoring qilib kelmoqda. Barselonaning transfer bozoridagi asosiy vazifalaridan biri chapoyoq markaziy himoyachini topish bo'lib, Torres nomzodi ushbu talablarga to'liq mos keladi.
Manbada qayd etilishicha, futbolchining o'zi ham Ispaniyaga qaytish ehtimolini inkor etmaydi va Barselona transfer bo'yicha aniq hamda jiddiy qadamlar tashlasa, taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Joriy mavsumda Pau Torres Angliya Premyer-ligasida Aston Villa safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.