
PSJ darvozaboni Matvey Safonov manfaatlarini himoya qilayotgan sport yuristi Yuriy Zaytsev rossiyalik posbonning qishki transfer oynasida klubdan ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Zaytsevning aytishicha, Safonovning Fransiya klubida na huquqiy, na ichki muammolari bor.
Uning ta'kidlashicha, hozir ko'tarilayotgan masalalar faqat ish jarayoniga oid bo'lib, texnik jihatlar — soliq hisob-kitoblarini aniqlashtirish yoki media faolligini, jumladan intervyularni kelishish bilan bog'liq. Bu jarayonlar odatiy amaliyot ekani va klub rahbariyati bilan hech qanday ziddiyat yoki kelishmovchilikka aloqasi yo'qligi qayd etildi.
«Safonovning PSJ bilan hech qanday yuridik muammosi yo'q. Biz oddiy ishchi masalalarni kelishamiz: soliq summasini hisoblash, intervyularni muvofiqlashtirish.
Hozir Matveyning PSJdan ketishi masalasi turibdi, deb bo'lmaydi», — deya Zaytsevning so'zlarini «RB Sport» keltiradi. Eslatib o'tamiz, Safonov joriy mavsumda parijliklar safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol o'tkazib yuborgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.