
Chelsining sobiq sardori Jon Terri klubni Thiago Silvani qaytarib olishga undadi. 41 yoshli braziliyalik himoyachi Fluminense klubini tark etishga qaror qildi va Braziliya terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionatiga borish umidida Yevropada yana o'z kuchini sinab ko'rmoqchi.
Transfer News Live keltirgan Terrining so'zlariga ko'ra, futbolchi erkin va tajribasi nihoyatda katta: "Thiago Silva mavjud! U juda tajribali, klubimiz bilan ajoyib munosabatda.
Uning ikki farzandi Chelsi akademiyasida shug'ullanadi. U yana biz uchun o'ynasa, juda xursand bo'lardim".
Thiago Silva 2024 yil yozida Chelsidan Fluminensega o'tgan edi. U London grandida to'rt yil davomida to'p surdi.
Mish-mishlarga ko'ra, futbolchi Angliyaga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.