Yuventus Del Pyero sharafiga maxsus kiyimlar kolleksiyasini taqdim etdi

Yuventus Del Pyero sharafiga maxsus kiyimlar kolleksiyasini taqdim etdi
Italiya futbol bilan birga moda mamlakati ham sanaladi, bu ikki yo'nalish ko'pincha yonma-yon rivojlanadi. Turinlik Yuventus klub tarixidagi eng yorqin yulduzlardan biri Alessandro Del Pyero sharafiga maxsus kiyimlar kolleksiyasini taqdim etdi.

Klubning marketing xizmati ushbu liniyani yaqinlashib kelayotgan katolik Rojdestvosi arafasida muxlislar uchun sovg'a sifatida taqdim qildi. Kolleksiya dizayni 1990-yillarning ommabop uslubidan ilhomlangan: Del Pyero futbolchilik faoliyatining eng yuqori cho'qqisida bo'lgan davr kayfiyati italyan madaniyati unsurlari va mahalliy futbol estetikasi bilan uyg'unlashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Yuventus hozirda A Seriyasi turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar