Xavi Mareska o'rniga Chelsini boshqarishi mumkin

Xavi Mareska o'rniga Chelsini boshqarishi mumkin
Barselonaning sobiq bosh murabbiyi Xavi Enso Mareska iste'foga chiqarilsa, Londonning Chelsi klubini boshqarishi mumkin. APLning 16-turidan so'ng “aristokratlar” 28 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Football Insider xabariga ko'ra, Chelsi rahbariyati Mareskaning so'nggi paytdagi xatti-harakatlaridan norozi. Mutaxassis intervyularida klub rahbariyati tomonidan yetarli qo'llab-quvvatlov bo'lmayotganidan shikoyat qilgani qayd etiladi.

Xavi 2024 yilda Barselonadan ketganidan buyon ishsiz. Avvalroq Moskvaning Spartak klubi u bilan hamkorlik masalasida bog'langan, biroq murabbiy Rossiyada ishlash variantlarini rad etgan.

Kecha Chelsi Angliya Ligasi kubogi chorak finalida Kardiff Sitini mag'lub etdi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar