
Polsha terma jamoasi sardori Robert Levandovski FIFA tomonidan har yili topshiriladigan The Best mukofoti bo'yicha ovoz berishda klubdoshlarini qo'llab-quvvatladi. Ushbu sovrin yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi, ovoz berishda esa milliy terma jamoalar sardorlari va bosh murabbiylari ishtirok etadi.
Levandovskining eng yaxshi uchligi to'liq «Barselona» vakillaridan iborat bo'ldi. 37 yoshli hujumchi birinchi o'ringa Lamin Yamalni qo'ydi, ikkinchi pog'onaga Rafinya Diasni joylashtirdi, kuchli uchlikni esa Pedri bilan yakunladi.
Yakunda mukofot sohibi «Pari Sen-Jermen» va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Usmon Dembele bo'ldi. U bir necha oy avval «Oltin to'p»ni ham qo'lga kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.