date

Matteo Gabbiya jarohat sabab Saudiya Arabistoniga uchmadi


«Milan» himoyachisi Matteo Gabbiya jamoasi bilan Saudiya Arabistoniga yo'l olmadi. U Italiya Superkubogida ishtirok eta olmaydi, sababi «Sassuolo»ga qarshi o'yinda jarohat olgan.

Bosh murabbiy Massimiliano Allegri oxirgi paytgacha futbolchining safarga chiqishiga umid qilgan bo'lsa-da, yakunda uni turnirga olib ketish fikridan voz kechishga majbur bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Italiya Superkubogi 18–22 dekabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.

Turnirda Milan klublari — «Inter» va «Milan», amaldagi Italiya chempioni «Napoli», shuningdek, Kubok sohibi «Bolonya» qatnashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matteo Gabbiya jarohat sabab Saudiya Arabistoniga uchmadi