
Myunxenning “Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchilarni muntazam ravishda Harri Keyndan o'rnak olishga chaqirmoqda. Angliyalik hujumchi nafaqat gol urishdagi samaradorligi, balki to'psiz holatdagi fidoyiligi, jamoa uchun ishlashi bilan ham ajralib turadi.
Myunxen grandi bosh murabbiyi boshqa futbolchilarga ham aynan shunday ruhiyat va mehnatni ko'rishni istashini eslatib keladi. “Men buni barchangizdan kutaman.
Hozir ham, besh yildan keyin ham”, — Sport Bild Kompanining so'zlarini keltirdi. Joriy mavsumda Harri Keyn “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 24 o'yinda 29 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Forvard 2023 yil yozida myunxenliklar safiga qo'shilgan, Vensan Kompani esa bir yil o'tib bosh murabbiy lavozimini egallagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.