date

Milan hujumchisi Santyago Ximenes operatsiyaga rozi bo'ldi


Avvalroq «Milan»ning meksikalik hujumchisi Santyago Ximenesga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Endi esa futbolchi operatsiyaga rozi bo'lgani aytilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ximenes yanvar oyida operatsiya qilinadi va u maydonga mart oyida qaytishi kutilmoqda. Uni to'piqdagi muammolar bezovta qilib kelmoqda.

Aynan shu jarohat «Milan»dagi o'yin amaliyoti va barqaror formasiga ham ta'sir qilgani ta'kidlanadi. Meksikalik hujumchi 28 oktyabr kuni «Atalanta»ga qarshi uchrashuvda jarohat olib safdan chiqqan.

Shundan buyon klub yil boshida niderlandiyalik «Feyenoord»dan kelgan futbolchi bilan xayrlashish yo'llarini ham ko'rib chiqayotgani haqida gap-so'zlar tinmayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan hujumchisi Santyago Ximenes operatsiyaga rozi bo'ldi