
Avgust oyida “Bayer” “Manchester Siti”dan hujumchi Klaudio Echeverrini ijaraga olgandi. Biroq 19 yoshli argentinalik Leverkuzen klubida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.
Shu sababli Echeverri yanvar oyidayoq jamoasini o'zgartirishi ehtimoldan xoli emas. Insayder Fabritsio Romano jurnalist Nil Sol ma'lumotiga tayanib, futbolchi qishda klubini almashtirish variantiga ochiqligini bildirdi.
Xabarga ko'ra, Echeverrini ijaraga olish bo'yicha muzokaralarni Ispaniyaning “Jirona” klubi boshlab yuborgan. Shuningdek, uning sobiq jamoasi “River Pleyt” ham futbolchini ijaraga qaytarishga tayyor.
Transfermarkt portali Klaudio Echeverrining bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.