
Milan qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin. Ishonchli insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, “rossonerilar” Vest Hem bilan hujumchi Niklas Fyullkrug transferi yuzasidan faol muzokaralar olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, 32 yoshli Fyullkrug Milan variantini Germaniyadagi istalgan taklifdan ustun qo‘ymoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Niklas Fyullkrug to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki assist qayd etmagan.
Transfermarkt tajribali forvardning bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda. Ayni paytda Milan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.