
Londonning "Arsenal" klubi bir muddatdan beri Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Viktor Valdepenyasni kuzatib kelmoqda. 19 yoshli futbolchi o‘tgan hafta oxirida "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida ilk bor maydonga tushdi.
Transfer News Live ESPN Deportesga tayanib xabar berishicha, Valdepenyas "Arsenal" radarida qolmoqda. London klubi yosh himoyachini kelasi yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
Transfermarkt portali Viktor Valdepenyasning bozor qiymatini 500 ming yevroga baholamoqda. Asosiy jamoa safidagi debyutidan so‘ng uning narxi yaqin vaqt ichida oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hafta oxirida "Real" safarda "Alaves"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar safida gollarni Kilian Mbappe va Rodrigu urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.