
Ilgari Moskvaning CSKA klubida darvozabonlar bilan ishlagan murabbiy Vyacheslav Chanov FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan Janluiji Donnarumma mukofoti haqida fikr bildirdi. O'tgan mavsumda "PSJ" safida o'ynagan italiyalik posbon ushbu e'tirofga sazovor bo'lgan.
Chanovning aytishicha, jamoa ichidagi raqobat doimiy omil bo'lib, natijaga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Uning fikricha, darvozabonlar o'rtasidagi raqobat Donnarummaga mavsumni yuqori saviyada o'tkazish, sovrinlar yutishda yordam bergan bo'lishi ehtimol.
Mutaxassis Matvey Safonovning ham bu jarayonda hissasi bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Rossiyalik darvozabon o'tgan mavsum "PSJ" tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi: u asosan kubok bahslarida, shuningdek boshqa turnirlarning ayrim o'yinlarida ishtirok etdi.
Mavsum yakunida Parij klubi Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan tashqari barcha mumkin bo'lgan sovrinlarni qo'lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.