
Sobiq futbolchi Andrey Kanchelskis Angliyadagi sobiq jamoalari — «Everton» va «Manchester Yunayted»ning mashg'ulot bazalariga tashrif buyurdi. Undan ushbu klublardan birida ishga oid taklif olgan-olmagani so'ralganda, Kanchelskis hozircha Bryanskning «Dinamo» klubida lavozimi borligini aytdi.
«Hozir Bryanskning «Dinamo»sida vazifam bor. Yaxshining ustiga yana yaxshisini izlash shart emas.
Chempionatga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Hozir eng muhimi shu.
Biz shunchaki mashg'ulot jarayonini ko'rish uchun keldik», — deya Kanchelskisning so'zlarini «Match TV» keltirdi. Kanchelskis shuningdek, «Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes bilan suhbatlashganini ta'kidladi.
Biroq Bryansk «Dinamo»si murabbiyi «Manchester Yunayted» ustozi Ruben Amorim bilan gaplashishga ulgurmaganini bildirdi. Bundan tashqari, Kanchelskis Rossiya futboli hozircha Angliya futbolidan ancha ortda qolayotganini qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.