date

Levandovskiyning Barselonadagi kelajagi bir necha omilga bog'liq


“Barselona” rahbariyati hozircha Robert Levandovski bilan kelasi mavsum hamkorlikni davom ettirish masalasida yakuniy qarorga kelmagan. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Sport nashri xabariga ko'ra, polshalik futbolchining klubdagi kelajak taqdiri bir nechta omilga bog'liq: joriy mavsumdagi o'yin darajasi va uni Ferran Torres bilan taqqoslash, kelasi yoz transfer bozorida yulduz hujumchilarning mavjudligi, shuningdek, mavsum yakunidagi moliyaviy holat. Bundan tashqari, Levandovski kabi katta obro'ga ega futbolchining ketishi jamoa kiyinish xonasidagi muhitga qanday ta'sir qilishi ham inobatga olinadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Robert Levandovski MLSdagi “Chikago Fayr” klubi bilan muzokaralarni boshlagan, biroq hozircha yakuniy qarorini qabul qilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovskiyning Barselonadagi kelajagi bir necha omilga bog'liq