Jessi Lingard APLga qaytish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda

Janubiy Koreyaning “Seul” klubida to'p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingard Angliya Premyer-ligasiga qaytishni maqsad qilgan. Bu haqda Hammers Chat xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 2021 yilda ijara asosida o'ynagan “Vest Hem” Lingardni yana tarkibiga qaytarishi ehtimoli bor. 33 yoshli futbolchining “Seul” bilan shartnomasi yaqin kunlarda yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.
Mish-mishlarga ko'ra, hozirda Lingard yaxshi sport formasida. Qayd etilishicha, 2024 yilda Janubiy Koreyaga yo'l olguniga qadar Lingard faoliyati davomida faqat Angliyada o'ynagan.
U “Manchester Yunayted”, “Lester”, “Birmingem”, “Brayton”, “Derbi Kaunti”, “Vest Hem” va “Nottingem Forest” klublari safida maydonga tushgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga ko'ra, 2021 yilda ijara asosida o'ynagan “Vest Hem” Lingardni yana tarkibiga qaytarishi ehtimoli bor. 33 yoshli futbolchining “Seul” bilan shartnomasi yaqin kunlarda yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.
Mish-mishlarga ko'ra, hozirda Lingard yaxshi sport formasida. Qayd etilishicha, 2024 yilda Janubiy Koreyaga yo'l olguniga qadar Lingard faoliyati davomida faqat Angliyada o'ynagan.
U “Manchester Yunayted”, “Lester”, “Birmingem”, “Brayton”, “Derbi Kaunti”, “Vest Hem” va “Nottingem Forest” klublari safida maydonga tushgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…